“TESTOLOG-SERVIS” haqida

“TESTOLOG-SERVIS” haqida

“TESTOLOG-SERVIS” nodavlat ta’lim muassasasi (NTM) dastavval 2007 yil 3 avgustda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyati tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan “TESTOLOG-SERVIS” MChJ sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2008 yil 14 iyulidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining NAS UZ 001. 92200 MO. № 0118-05 raqamli litsenziyasini olib o‘z faoliyatini davom ettirdi. 2010 yil 12 oktyabridan esa “TESTOLOG-SERVIS” nodavlat ta’lim muassasasi maqomida NAS UZ 001. 92200 MO. № 0201-05 litsenziyaga ega bo‘ldi. 2013 yil 19 sentyabridan NAS UZ 001. 92200 MO. № 0362-05 nishonli litsenziya asosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugungi kunga kelib NTMda jami 20 mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 12 fuqaro doimiy asosda, 8 kishi o‘rindoshlik asosida xizmat qilmoqda.
Litsenziya bitimiga muvofiq, muassasa quyidagi fanlardan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalari kirish testlariga tayyorlash huquqiga ega:

  1. matematika
  2. fizika
  3. kimyo
  4. biologiya
  5. tarix
  6. ona tili va adabiyot
  7. ingliz tili

O‘quv markazi mutaxassislari akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining 1, 2, 3 - bosqich o‘quvchilariga test texnologiyalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, test strukturasi bilan ko‘proq tanishtirish, uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish, javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirishni o‘rgatish, test savollar kitobidan to‘g‘ri foydalanish, vaqtni his qilishni o‘rgatish, o‘zlari tanlagan predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini xolis aniqlab berishni ham o‘rgatadilar.

Madaniy–ma’rifiy faoliyat

2012 yil matematika, fizika fanlaridan norasmiy fan olimpiadasi o‘tkazildi. Bunga Toshkent shahridagi akademik litseylar o‘quvchilari taklif qilindi. 47 o‘quvchi qatnashdi. 1-, 2-, 3- o‘rinlarni olganlarga maxsus diplomlar, sovg‘alar berildi, ular o‘qiyotgan ta’lim muassasalariga, ota-onalariga rahmatnoma-xatlar yuborildi.
NTMda kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Respublikamizning ibratli insonlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Xususan, 2011 yili O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan qiziqarli suhbat tashkil etildi. Bunda yozuvchi 3 soat davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va o‘zining keyingi yillarda chop etilgan asarlariga dastxatlar yozib tinglovchilarga taqdim etdi.
Bugungi kunga kelib NTM muallimlari fanlardan tinglovchilar, abituriyentlar uchun qo‘llanmalar chop etishmoqda. 2012 yil Akademnashr nashridan matematik-olim Shodiyor DAVRONning “MATEMATIKA: Arifmetika” kitobi nashrdan chiqdi. Kitob respublika ta’lim markazi tomonidan juda ijobiy baholandi.
2008-2016 yillar davomida “TESTOLOG-SERVIS” NTMda 2501 nafar tinglovchi litsenziya bitimida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi. Shu yillar davomida har yili tinglovchilarimizning 60-73 foizi ta’limning keyingi bosqichi - oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari asosida qabul qilingan.
Ta’lim oluvchilarning barchasi bilan shartnoma tuzilib o‘qish jarayoni tasdiqlangan dastur va rejalar asosida olib borilmoqda. Tinglovchilar uchun qulay, ozoda sinfxonalar, kutubxona tashkil etilgan. Ular doimiy ravishda NTM hisobidan toza suv (“NESTLE PURE LIFE”) bilan ta’minlangan. Barcha ofis va o‘quv xonalari sanitariya-gigiyena qoidalariga javob beradigan holatda, o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan.
Faoliyat davrida biror marta ham ijarachi, bank-moliya, soliq organlari tomonidan e’tiroz bo‘lmagan.
2008-2016 yillar davomida “TESTOLOG-SERVIS” NTMda 2501 nafar tinglovchi litsenziya bitimida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi:

Bizning manzil

NTM o‘z faoliyatini Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 42 uydagi ma’muriy binoning 2-qavatidan 456 kv.m. joyni ijaraga shartnoma asosida olib davom ettirmoqda. Mo‘ljal – 71-maktab.
Biz bilan quyidagi telefonlar orqali bog‘lanish mumkin: 267-42-95, 400-77-33, 945-61-45, 959-39-49.

Bu muhim!

Auditoriyalarimiz har doim toza, ozoda hamda sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradi.
Har oyda o‘tilgan mavzular bo‘yicha (mart oyidan boshlab 1 avgust darajasidagi) bepul testlar o‘tkaziladi.
Ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga ko‘ra test natijalariga ko‘ra 200 va undan ko‘p ball to‘plagan tinglovchilar keyingi oyda bepul o‘qish imkoniyatiga ega.
Har bir fan bo‘yicha sinf jurnallari tashkil etilgan, tinglovchilarning darslarga kelishi, ketishi hamda barcha darslar jarayoni ovozli video kuzatuv orqali doimiy nazoratda bo‘ladi.
Ota-onalar bilan doimiy muloqot mavjud.


Ta’lim muassasasi o‘z kutubxonasiga ega. Unda o‘zbek, rus, ingliz tillarida chop etilgan badiiy adabiyotlar mavjud. Tinglovchilar bulardan bemalol bepul foydalanishlari mumkin.
Markaz barcha fanlar bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘z test bazasiga ega.
Respublika hududida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir necha yillik qabul rejalari, o‘tish ballari bazasi mavjud. Kurs oxirida tinglovchilariga test natijalariga qarab bepul maslahatlar beriladi.