Bu yili abituriyentlar test sinovlaroga qanday kiritiladi?

Bu yili abituriyentlar test sinovlaroga qanday kiritiladi?

Davlat test markazi, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2018 yilda oliy ta'lim muassasalarida o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha jiddiy tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda, deb xabar qiladi muassasa matbuot xizmati. Tayyorgarlik doirasida joriy yil 25 aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatida o‘tkazilgan oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari tartibiga bag‘ishlangan repetitsiya jarayonida abiturientlarni bino hududiga kiritishda ishlatiladigan metallodetektorlar, shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, test sinovi davomida uzluksiz videokuzatuv uskunalarining ish jarayoni o‘rganildi. Ushbu texnika vositalarining amaldagi holati va imkoniyatlari talablarga mosligi aniqlandi.

Shu bilan birga, tadbir davomida katta sig‘imli binoni belgilangan talab asosida tayyorlash, binoga abiturientlarni pasport va yangi shakldagi ruxsatnoma orqali kiritish, nazorat xizmati postlari faoliyati, guruh nazoratchilari faoliyati hamda yangi shakldagi test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi amalda sinab ko‘rildi