Davlat test markazi bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga test topshiriqlarini ishlash uchun qancha vaqt berilishi haqida ma’lumot berdi.
“Bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi. Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o‘tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi yozilgan. Demak, 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi”, deya ma’lumot berdi Sardor Rajabov.
Eslatib o‘tamiz, bu yil abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Ularga 2 ta mutaxassislik blokidan 30 tadan – 60 ta, majburiy fanlar blokidan esa 10 tadan jami 30 ta savol tushadi.
Maksimal ball – 189 ball.