Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi

Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–42-son, 10.12.2021 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti etib nomlandi.

 

Universitetda gidroenergetika, irrigatsiya, kadastr va geoinformatika sohalari uchun muhandis kadrlar tayyorlanadi.

 

Qaror bilan Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tasdiqlandi.

 

Kengash Universitetda yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishi mumkin.

 

Universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etilib unga 2025 yilgacha Universitetni xalqaro 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifasi yuklatildi.

Universitet 2022/2023 o‘quv yilidan mustaqil ravishda o‘quv rejalarini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlar tuzadi, tijorat va notijorat tashkilotlar tashkil etadi.

 

Universitet 2022 yil 1 yanvardan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Shuningdek qaror bilan, 2025 yilgacha Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi va uning xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

Universitet huzurida Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti;

Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;

Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.

Universitet faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

2023/2024 o‘quv yiligacha Universitetda yangi sinov laboratoriyasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi texnoparki tashkil etiladi.

https://t.me/huquqiyaxborot_lotin