O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjuman davomida oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi.


 

Reyting natijalariga ko‘ra, yetakchi o‘rinlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti egalladi.
 

So‘nggi o‘rinlardan esa Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rin oldi.