Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

- Kontrakt asosida o‘qishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Jamg‘arma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

* Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- ariza;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);
- krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
- bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.
 
Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.