O‘zbekistonda yana bir xorijiy OTM filiali ochildi

O‘zbekistonda yana bir xorijiy OTM filiali ochildi

28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo'lib o'tgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Oliygoh Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olga Yarilova, VGIK rektori Vladimir Malыshev va boshqa kinomutaxassislar ishtirokida ochildi.


Filial hozircha «dramaturgiya» va «kinoprodyuserlik» yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Keyingi yildan yo‘nalishlar kengayishi rejalashtirilgan.