Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Toshkentdagi prezident universiteti 8000 talabaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqida Газета.uz nashri xabar qildi.

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev yoshlarning yarmi chet elda o‘qiganidan keyin mamlakatga qaytib kelmasligini afsus bilan qayd etdi.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi — ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. „Eng katta aql“ ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.