O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

Vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilik bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi.

- 2018 yilda faoliyatini boshlagan:
1. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;

- 2019 yilda faoliyatini boshlagan:
2.Akfa universiteti;
3.Qo‘qon universiteti;
4.Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;

-2020/2021 o‘quv yilida ilk bor faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda:

5.
«Tashkent International University» xalqaro universiteti;
6. TEAM universiteti;
7. Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
8.
«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti.

Eslatma: mazkur ro‘yxatda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining respublikamizdagi o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan filiallari keltirilmagan.

“Yuqoridagi ro‘yxatda keltirilmagan, biroq “biz nodavlat oliy ta’lim muassasasasimiz” deb o‘zining oliy ta’lim bo‘yicha dasturlarini taqdim etayotgan tashkilotlar takliflariga aldanib qolmang, OGOH bo‘ling!”, - deyiladi DTM xabarida.