Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi

Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi

Davlat test markazi hamda “Davr press” nashriyot-matbaa uyi qo‘shma loyihasi asosida barcha umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari tayyorlandi.

To‘plamdan 2019-yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Joriy yilning 1-noyabridan "Ona tili va adabiyot", "Matematika", "Fizika" fanlaridan test topshiriqlari to’plamlari sotuvga chiqariladi.

Boshqa umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlarini esa bosqichma-bosqich noyabr oyi yakuniga qadar sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Test topshiriqlari mazmuni bo’yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. 

Manba: Davlat test markazi