O‘zbekistondagi 65ta OTM reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistondagi 65ta OTM reytingi e’lon qilindi

UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi.

Reyting quyidagi mezonlarga asosan tuzilgan:

OTMning davlat organlari tomonidan litsenziyalash yoki akkreditatsiyalash;

kamida to‘rt yillik bakalavr yoki boshqa ta’lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta’minlash vakolati;

ta’limni asosan an’anaviy shaklda o‘qish joyida o‘tkazilishini ta’minlash.

Kuchli 10ta o‘rinni quyidagi OTM egalladi:

- Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

- Toshkentdagi Inha universiteti

-Toshkent moliya instituti

- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

- O‘zbekiston milliy universiteti

- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

- Toshkent davlat pedagogika universiteti

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

- Samarqand davlat tibbiyot instituti.

 

To'liq reiting: https://www.4icu.org/uz/