Magistraturaga kirish tartiblari yangilandi

Magistraturaga kirish tartiblari yangilandi

O‘zR Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019 y.). Bu haqida Edu.uz kanali xabar bermoqda.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

- “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov;

- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL bo‘yicha kamida 58 va IELTS bo‘yicha kamida 5 ball bo‘lishi kerak edi.