Matematika fanidan yangi testlar to’plami chop etildi

Matematika fanidan yangi testlar to’plami chop etildi

”TESTOLOG – SERVIS”  o‘quv markazi hamda  Yangiyo‘l  shahridagi  10-umumta’lim  maktabining  matematika  fani o‘qituvchisi Jaloliddin  Toshpo‘latov tomonidan matematika  fanidan yangi testlar to’plami tuzilib, nashr qilindi.  

Ushbu testlar to‘plami Davlat test markazi (DTM) tomonidan tavsiya etilgan darsliklar asosida tayyorlangan. To’plam abituriyentlar, umumta’lim maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, matematika  faniga qiziquvchilar, shuningdek, matematika  fani o‘qituvchilari va repetitorlari uchun mo‘ljallangan.

Mazkur metodik qo‘llanma 5507 ta testdan iborat bo‘lib, testlar soddalikdan murakkablikka, izchillikka, mantiqiylikka asoslangan. Bundan tashqari  800 ta ga yaqin misol va masalalarni yechish namunalari, qo‘llanma oxirida barcha test savollarining javoblari keltirilgan.

To’plam Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi qoshidagi Matematika fani bo‘yicha ilmiy-metodik kengashning 2018-yil 23- iyun qaroriga ko‘ra nashrga tavsiya etilgan.

Kitobni ”TESTOLOG – SERVIS”  o‘quv markazidan olish mumkin. Tel.: 71 267 42 95.