Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratadi

Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratadi

Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 21-yanvarida Acumen Education hamda MBU Capital kompaniyalarining delegatsiya a’zolari mamlakatga ta’lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyaga MBU Capital kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda Acumen Education ijrochi direktori Mark Labovich rahbarlik qilmoqda.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Atabek Nazirov Britaniya kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalarini ko‘rib chiqilayotgani haqida ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizdagi ta’lim tizimi, shuningdek, maktab ta’limini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xususiy maktablarni ishga tushirishda Britaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdi.

Atabek Nazirov Xalq ta’limi vazirligi mazkur loyiha bo‘yicha Acumen Education va MBU Capital kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashi hamda ta’limga oid ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Acumen Education i MBU Capital kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26-yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya a’zolari ishtirokida mamlakatning davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradi.