Milliy universitetida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti qoshida yangi dizayn yo’nalishi ochildi

Milliy universitetida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti qoshida yangi dizayn yo’nalishi ochildi

Xolon texnologiya instituti rektori Eduard Yakubovning O’zbekiston Milliy Universitetiga tashriflari borasida talabalar uchun rasmiy ravishda yangi yo’nalishga start berildi. Ikki universitet o’rtasidagi muzokaralar natijasida dizayn yo’nalishi - istiqbolli loyihani yaratishga qaror qilindi. Bu haqida Talaba.uz Telegram kanali xabar bermoqda.

Yo’nalish nima beradi:

• ixtirochi, innovator, tadbirkor - bo’lajak nobel laureatlarini tayyorlaydi;

• Birinchi kursdan so’ng ixtisosni tanlash imkonini beradi. Yani, ixtisosni o’zgartirish mumkin.

• Dizaynni keng ko’rish va tushunish;

• Yangi g’oyalarni yaratish;

• Ijodiy fikrlash malakasi va har qanday savollarga nostandart yondashuv;

• Qisqa muddatda bir vaqtda  KREATIVni ham fundamental, ham chuqur tushunchalarini beruvchi o’quv dasturi.

Yo’nalish rahbariyati so’zlariga asosan, o’quvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

• yo’nalishni bitirgan talabalar qo’shma fakultetning biror yo’nalishini tanlab, O’zbekiston Milliy Universiteti va Isroil texnologiya instituti – ikkita diplomga ega bo’lishlari mumkin;

• eng qiziqarli kurs ishlari hayotga tadbiq etilishida ko’makka ega bo’ladi;

• o’qish mobaynida talabalar almashuvi dasturi asosida Isroilga chiqish imkoniyati yaratiladi;

• mutaxassislar tomonidan yaratilgan ijodiyot, dizayn, loyihalashtirish bo’yicha elektron kutubxonadan foydalanish mumkin bo’ladi;

• darsdan tashqari juda ko’p mashg’ulotlar taqdim etiladi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun: +99897 444 20 33.