Toshkentda Parij Xalqaro modalar akademiyasi bilan hamkorlikda fakultet ochiladi

Toshkentda Parij Xalqaro modalar akademiyasi bilan hamkorlikda fakultet ochiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Madjidov Parijdagi Xalqaro modalar akademiyasi Prezidenti Jan-Fillip Vaklyuer rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Telegram-kanalida xabar bermoqda.

Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda fakultet ochish hamda 2019-2020 o‘quv yilidan qabulni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalasi ham muhokama qilindi.