Davlat test markazi saytiga qaysi universitetga va yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganini bilib olish mumkin!

Davlat test markazi saytiga qaysi universitetga va yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganini bilib olish mumkin!

Yaqinda Davlat test markazi abituriyentlar uchun yana bir qulay xizmati taqdim etdi. DTM saytida mamlakat oliy ta’lim muassasalarida qabul qilingan hujjatlar (arizalar) statistikasi to‘g‘risida ma’lumotlarni bilib borish yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda Siz oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga va qaysi ta’lim yo‘nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin. Buning uchun dtm.uz saytining bosh sahifasidan “Abituriyent – 2018” bo‘limiga kirib yoki ushbu matn oxirida keltirilgan havola tugmasini bosish orqali hududni va ro‘yxatdan oliy ta’lim muassasasini tanlang. Sizga oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlari kesimida qabul rejasi hamda qabul qilingan arizalar soni to‘g‘risida ma’lumotlar (jadval) taqdim etiladi.

Qabul statistikasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://qabul.dtm.uz/