Bekmetova Shoxida Qodirberdiyevna

Bekmetova Shoxida Qodirberdiyevna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi yo‘nalishini tamomlab, magistr darajali imtiyozli diplom sohibi bo‘lgan.

1-Respublika tibbiyot kollejida kimyo va biologiya o‘qituvchisi, 195-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kimyo va biologiya fani o‘qituvchisi  bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelgan.  Bir qancha maqolalari va dars ishlanmalari, ilmiy maqolalari jurnallarda chop etilgan.  Hattoki ikkita maqolasi Rossiyaning ilmiy jurnallarida chop etilgan.  9 yillik pedagogik ish stajiga ega.

2015 yildan “TESTOLOG-SERVIS” NTMda biologiya fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Darslarni individual yondashuv metodi asosida olib boradi.  Har bir o‘quvchiga test yechish sir-sinoatlarini hamda test savollariga mantiqiy jihatdan yondashishni o‘rgatadi. Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda abituriyentlarga qiyinchiliklar tug‘dirayotgan genetik masalalar hamda moddalar va energiya almashinuvi mavzulariga oid bo‘lgan masalalarni oson metodlar asosida yetkazib berishi diqqatga sazovordir.