Kushaliyev Olim Akramovich

Kushaliyev Olim Akramovich

Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan. Tibbiy profilaktika fakultetining bakalavri. Mutaxassiligi bo‘yicha shifokor gigienist-epidemiolog, magistraturada tibbiyot genetikasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. O‘simlik va urug‘chilik instituti laboratoriyasida laborant, OITS markazi laboratoriyasida assistent bo‘lib ishlagan.

2014-2015 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining gistologiya va tibbiyot biologiyasi kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. " Testolog-Servis" kompaniyasi orqali 5 yillik tajribaga ega. 2012-2015 yillar davomida biologiya o‘qituvchisi sifatida ishladi va 2015 yildan boshlab " Testolog-Servis " asosiy ish joyi hisoblanadi.

Biologiyani o‘rganishda yaxshi natijaga erishish uchun u har bir darsni uch bosqichga bo‘lishga harakat qiladi. Birinchi bosqichda oxirgi dars materiallari so‘raladi. Shundan so‘ng guruh yangi mavzuni muhokama qiladi. Oxirgi va eng muhim bosqich sinovlar bilan mashg‘ul bo‘lishga bag‘ishlanadi, chunki ta’lim-tarbiya jarayonida nafaqat mavzuni o‘rganish, balki testni yechish metodikasi o‘rgatiladi.