Test topshirib, bilim darajangizni aniqlashni istaysizmi?

Test topshirib, bilim darajangizni aniqlashni istaysizmi?

Yaqinda TESTOLOG-SERVIS nodavlat ta’lim muassasi mutaxassislari tomonidan abituriyentlarga mo‘ljallangan yangi ta’limiy testlar to‘plami ishlab chiqildi. Uning yangiligi shundaki, bo‘lajak talaba o‘zi qiziqayotgann yoki tayyorlanayotgan mutaxassislik yoki yo‘nalishni ko‘rsatgan holda markazda test sinovidan o‘tadi. Olingan natijalar maxsus ishlab chiqilgan dasturda tekshirilib, abituriyent to‘plagan bali bilan O‘zbekistondagi qaysi oliy ta’lim muassasiga kirishi mumkinligi haqida shu yerning o‘zida tavsiyalar beriladi. Ushbu oliy ta’lim muassasalarining nomlari va manzillari abituriyentning test savol javob varaqalariga chiqarilib beriladi. Oddiy qilib aytganda, abituriyent to‘plagan bali qaysi bir universitetning talabasi bo‘lishga yetarli ekanligini bir test sinovini topshirish orqali bilib oladi.

Bundan tashqari, olingan javoblar tahlil qilinib, abituriyentning qaysi fanlardan bilim darajasi yanada takomilga muhtoj ekanligi ko‘rsatib ham o‘tiladi. Testni topshirgan abituriyentlar TESTOLOG-SERVIS nodavlat ta’lim muassasasida imtiyozli asoslarda o‘z bilimlarini oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Agar ushbu yangi sinov turidan o‘tish istagidabo‘lsangiz, bizga murojaat qiling!
 

Bizning manzil:
Testolog-Servis o‘quv markazi Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 42 uydagi ma’muriy binoning 2-qavatida joylashgan. Mo‘ljal – 71-o‘rta maktab, Toshkent viloyat statistika boshqarmasi binosida.

Biz bilan quyidagi telefonlar orqali bog‘lanish mumkin: 267-42-95, 400-77-33, 945-61-45, 959-39-49.