O‘zbekistonliklar o‘qish uchun ko‘proq qaysi davlatlarga bormoqda?

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun ko‘proq qaysi davlatlarga bormoqda?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga chiqqan.

2022-yilning yanvar—noyabr oylarida o‘zbekistonlik talabalar o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

  • Qirg‘iziston — 52 291 kishi;
  • Tojikiston — 47 213 kishi;
  • Rossiya — 13 128 kishi;
  • Qozog‘iston — 10 646 kishi;
  • Turkiya – 5 265 kishi;
  • Janubiy Koreya — 4 645 kishi;
  • AQSH — 987 kishi;
  • Buyuk Britaniya — 971 kishi;
  • Belarus — 928 kishi;
  • Germaniya — 772 kishi.

 

Manba: Daryo.uz