190 mingdan ziyod abituriyent talaba bol'di

190 mingdan ziyod abituriyent talaba bol'di

Test sinovlarida ishtirok etgan 1 074 181 abituriyentdan 190 375 nafari talabalikka tavsiya etildi

Shundan 39 962 nafari davlat granti, 150 413 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan. Bunda:

- davlat granti asosida o‘rtacha ball – 121,2 ballni;

- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball – 95,9 ballni tashkil etdi.

Abituriyentlarning 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida, 13 mingdan ziyodi imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Abituriyentlar taʼlim shakllari kesimida: 118 352 nafar abituriyent kunduzgi taʼlim shakliga, 45 407 nafar abituriyent sirtqi taʼlim shakliga, 9 139 nafar abituriyent kechki taʼlim shakliga va 3 416 nafar abituriyent masofaviy taʼlim shakliga tavsiya etilgan.

Shuningdek, 2022 yil 28 avgust kuni Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Manba: AOKAda Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida 2022/2023 o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani