Pedagogika sohasida 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

Pedagogika sohasida 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

Ozbekiston Prezidentining "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022 yil 21 iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra:

Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;

Namangan davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;

Guliston davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;

Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O'zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.