O‘zbekistondagi 4 ta OTM THE'ning yosh universitetlar reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekistondagi 4 ta OTM THE'ning yosh universitetlar reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekistondagi 4 ta oliy ta’lim muassasaci ilk bor Buyuk Britaniyaning “Times Highyer Education” agentligi “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reytingidan o‘rin oldi.

Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — “Reportyer” universitetlar qatorida e’tirof etildi. Bular:

- Toshkent davlat yuridik universiteti;

- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

- Turin politexnika universiteti;

- Urganch davlat universiteti.

Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qo‘yishdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga  asoslanadi.

2022 yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reportyer” maqomiga ega bo‘ldi.