ID-karta oldingizmi?

ID-karta oldingizmi?

Hozirgi kunda abituriyentlarning Oliy ta’lim muassasalariga topshiradigan hujjatlari my.gov.uz va Davlat test markazi saytlari orqali onlayn qabul qilinmoqda. Avvalgidek ta’lim muassasalariga ovora bo‘lib borish, uzundan-uzoq navbatlarda turish yo‘q endi.

Abiturentlar hujjatlarini masofadan topshirish uchun dastlab Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) da ro‘yxatdan, so‘ngra my.gov.uz da avtorizatsiyadan o‘tadilar.

Shu o‘rinda yana bir qulaylikni eslatib o‘tamiz, ID karta olganlar id.egov.uz tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishadi.

2021-yilda my.gov.uz orqali 77 mingdan ortiq abiturentlarning arizalari qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida:

Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchi bitiradi. Bugungi kunda elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ziyod bitiruvchi (31%) ID karta (pasport) olmagan.

Shunday ekan, ota-onalar farzandlari, ya’ni 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida ID karta olishlarini ta’minlashlari lozim.

ID karta olish uchun 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari yoki davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari mumkin.

Manba: @MyGovUz