Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yilida respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan, o‘g‘il bolalar – 311,5 ming nafar, qiz bolalar – 260 ming nafar.
Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni quyidagicha:
- pedagogika: o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar; qiz bolalar – 126,3 ming nafar;
- gumanitar fanlar: o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar; qiz bolalar – 26,8 ming nafar;
- matematika fanlari: o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar; qiz bolalar – 5,4 ming nafar;
- tabiiy fanlar: o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar; qiz bolalar – 14,1 ming nafar;
- san’at: o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar; qiz bolalar – 6 ming nafar;
- islomshunoslik: o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar; qiz bolalar – 0,3 ming nafar.