O‘zbekiston oliygohlari dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingida yuqoriladi

O‘zbekiston oliygohlari dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingida yuqoriladi

O‘zbekistonning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi Quacquarelli Symonds xalqaro agentligining 2022-yil uchun eng yaxshi universitetlar reytingida ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘z natijalarini oshirdi. Bu haqda Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, QS World University Rankings EECA (Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari) reytingining 2020-yilgi natijalarida O‘zbekiston milliy universiteti 351+ o‘rinni olgan bo‘lsa, 2022-yil uchun e’lon qilingan reytingda 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 251+ o‘rinni egallagan.

Bundan tashqari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 211+ o‘rin bilan o‘tgan yilgi natijalardan 40 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti va Samarqand davlat universitetlari o‘tgan yilgi 351+ o‘rinni saqlab turibdi.