Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi

Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi

O'zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan talabalarning yangi 2021-2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi.

Unga ko'ra, pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligi hisobga olinib, farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamizki, universitetlarda 2021-2022-o‘quv yili 6-sentabrdan an’anaviy (oflayn) shaklda boshlandi.