Onlayn ro‘yxatdan qanday o‘tsa bo‘ladi? (video)

Onlayn ro‘yxatdan qanday o‘tsa bo‘ladi? (video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» elektron xizmati ishga tushirilgan. Endilikda abituriyetlar o‘zi istagan davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni ortiqcha xarajatsiz, uzoq yo‘l bosmay, turnaqator navbatlarda turmay, uydan chiqmagan holda topshirishi mumkin

«Yagona portal tomonidan taqdim etilayotgan ushbu xizmat, avvalo, bugungi pandemiya davrida salomatligingizni xavf ostiga qo‘ymaslikni ta’minlaydi.

Shu bilan birga hujjatlarni to‘plash va jo‘natish jarayonini osonlashtiradi. Chunki barcha kerakli ma’lumotlar avtomatik ravishda davlat ma’lumotlar bazalaridan olinadi.

Agar sizda elektron raqamli imzo yo‘q bo‘lsa, hoziroq uni Yagona portal orqali shakllantiring. Elektron raqamli imzosi borlar esa ishonch bilan ro‘yxatdan o‘tishni boshlashlari mumkin», deyiladi portal xabarida.

Abituriyentlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish videoqo‘llanmasi ham taqdim qilingan:

https://youtu.be/S6ROZI1u3UY