O‘zbekistonda bu yilgi qabul kvotalar tasdiqlandi

O‘zbekistonda bu yilgi qabul kvotalar tasdiqlandi

2021-2022 o'quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi, deb xabar beradi Davlat test markzi matbuot xizmati.

Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining “My.dtm.uz” saytiga joylashtirilgan.

Endilikda abituriyentlar “My.dtm.uz” saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta‘lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2021-yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishi mumkin.