Diplomlari O‘zbekistonda sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Diplomlari O‘zbekistonda sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxatini tasdiqladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.