O‘zbekistonda o’qishja kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda o’qishja kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi tasdiqlandi

2021/2022-o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzular va baholash mezonlari 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan o‘zgarmagan. Abituriyentlarni yana beshta fan bo‘yicha 105 ta test kutmoqda. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5.

Test sinovlarida ishtirok etadigan barcha abituriyentlar uchun majburiy fanlar — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa), matematika va O‘zbekiston tarixi — 15 tadan savollarni (jami 45 ta) o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning har biriga 2,1 ball beriladi. Bitta fan bo‘yicha abituriyent maksimal 31,5 ball, majburiy fanlarning barcha bloki uchun 94,5 ball to‘plashi mumkin.

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha test yana ikkita fan bo‘yicha o‘tkaziladi, ularning har birida 30 ta savol mavjud. Abituriyent har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball, maksimal bir fan bo‘yicha — 93 ball, fanlarning barcha bloki uchun — 186 ball olishi mumkin.

Yagona farq — bu bakalavr yo‘nalishlarining soni. Agar joriy o‘quv yilida 301 bo‘lsa, kelgusi yil 370 bo‘lishi kutilmoqda.

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari bilan Davlat test markazining sayti orqali tanishish mumkin.