O‘zbekiston OTMlarida o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston OTMlarida o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

Hukumatning tegishli qarori bilan 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi;
  • OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

  • OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor-o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.