O‘zbekistonda chet tilidan B1, B2 darajalari uchun test sinovlarini o‘tkazish boshlandi

O‘zbekistonda chet tilidan B1, B2 darajalari uchun test sinovlarini o‘tkazish boshlandi

2017 yilning 21- 22 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (DTM) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o‘tkazildi.

DTM matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajalari uchun, arab, koreys, xitoy va yapon tillaridan o‘tkazildi.

21 noyabr kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozish”), 22 noyabr kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o‘tkazildi. Test sinovlarida 79 nomzod ishtirok etdi.

Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

Ma’lumot o‘rnida, B1 darajasidagi pulli test sinovlarini topshirgan abituriyentlar OTMga kirish testlarida chet tilidan test sinovlari topshirmaydilar. Ularga B1 darajasidagi test natijalida to‘plagan maksimal ballari qo‘yib beriladi.

B2  darajalari uchun sinovlarni chet tili o'qituvchilari topshiradilar.