Toshpo‘latov Jaloliddin

Toshpo‘latov Jaloliddin

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining bakalavr darajasiga ega bo‘lib, matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha 2016 yildan beri “TESTOLOG-SERVIS” NTM tinglovchilariga pedagogik mahorat bilan darslar o‘tib kelmoqda. 2 yillik pedagogik stajga ega. 2013 yil “Pedagogik ta’lim” xalqaro jurnalida “Sanoq sistemasining bo‘linish belgilari” deb nomlangan ilmiy maqolasi chop etilgan.  Matematika fanidan tashqari informatika darslarini ham mukammal o‘rgatib, barcha tinglovchilarni test sinovlariga tayyorlab kelmoqda.

O‘quvchilar bilan ishlashda ularning qobiliyati qay darajada ekanligini aniqlab, sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan tarzda darslar o‘tiladi. Bundan maqsad yaxshi o‘zlashtirgan tinglovchilarni oldinga tortish va mavzu jihatidan programmani tezroq yakunlab, test imtihonlariga mukammal tayyorlab borishdir. O‘rta ta’lim maktabida olib borgan faoliyati davomida ishlab chiqqan “Darsliklashtirilgan testlar” nomli kitobi bilan tinglovchilarning natijalarini tahlil qilib bormoqda.