Tog‘aymurodov Abduvoxid

Tog‘aymurodov Abduvoxid

Tog‘aymurodov Abduvohid Abdimuratovich Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy Universitetinining o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligini bitirgan. 23 yillik pedagogik stajga ega, 1 ta ilmiy ish hamda 7 ta ilmiy maqolalari chop etilgan.

“TESTOLOG-SERVIS” NTMda 2012 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Darslarni olib borishda umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari asosida noan’anaviy usullardan, masalan, adabiyot darslarida darslikdagi badiiy asarlarni o‘zlashtirishda savol-javob, konferensiya, aqliy hujum, mushoira kabi dars usullaridan foydalanadi. Ona tili va adabiyot fanidan abituriyentlar mavzularni batafsil o‘zlashtirgach, o‘sha asosda o‘zi tuzgan mashq va test savollari bilan ularni tekshirib boradi. Ba’zan o‘tilgan mavzular asosida mustaqil testlar tuzishni abituriyentlarning o‘zlariga mustaqil vazifa qilib beradi.