Umumta'lim fanlaridan ayrim test topshiriqlarini yechish bo‘yicha abituriyentlarga tavsiyalar

Umumta'lim fanlaridan ayrim test topshiriqlarini yechish bo‘yicha abituriyentlarga tavsiyalar

Davlat test markazi tomonidan xalq ta'limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lim tizimlarining malakali mutaxassislari ishtirokida Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2018 yilda qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun fan mazmuni tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori va Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2018 yilda qabul test sinovini o‘tkazish uchun umumta'lim fanlaridan test topshiriqlari tafsiloti ishlab chiqildi.

Abiturienlar tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar, test topshiriqlari mazmuni va variantlar tuzilishi Davlat ta'lim standartlari hamda tegishli ta'limni boshqaruv organlari tomonidan tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida tuzilgan.

Test topshiriqlari variantlariga, oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida test topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun abituriyentlarga qiziqtirgan fanning mazmuni tarkibi va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori, test topshiriqlari tafsilotlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Test topshiriqlarini yechishda abituriyentlar savollarda aynan nima so‘ralayotganini aniq tushinib olishlari kerak. Test topshiriqlariga javob berishda abiturientlar har bir berilgan javobni chuqur tahlil qilib, xulosa asosida to‘g‘ri javobni tanlashlari zarur.

Bugungi kunda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar e’tiborini umumta'lim fanlaridan ayrim test topshiriqlarini yechishga doir bir necha uslubiy tavsiyalarga qaratmoqchimiz.

Manba: DTM.uz