Bu yilgi test sinovlari haqida siz bilmagan 10 eng muhim yangilik

Bu yilgi test sinovlari haqida siz bilmagan 10 eng muhim yangilik

O’tgan hafta to’g’ridan-t o’h’ri efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida bu yilgi test sinovlariga doir qator yangiliklarning tafsilotlari ajtib o'tildi. Ko’rsatuvda DTM mutahassislari, ekspertlar, OAV vakillari qatnashdilar. Saytimiz o’quvchilari uchun ko’rsatuvda keltirib o’tilgan asosiy jihatlarni sanab o’tamiz:

 

-           bu jil barcha fanga 2.1 balldan berilishi haqidagi gaplar - shunchaki mish-mish, haqiqat emas. Avvalgidek, 1.1, 2.1 va 3.1 balldan beriladi;

 

-           test sinovlarining 1-kuni ishlatilgan savollar keyingi kunlarda tushmaydi;

 

-           15 kun davomida SMS habarlar va telefon aloqasi o’chirilib qo’yilmajdi, balki respublika bo’ylab test o’tuvchi 57 ta katta pavil'onlarga aloqani uzuvchi moslamalar o’rnatilishi rejalashtirilmoqda;

 

-           barcha hududlardagi test savollari kitobi Toshkentga mahsus fel'dyegerlik hizmatlari orqali samolyotlarda olib kelinadi va Toshkentda tekshiriladi;

 

-           test javoblari ertasi kuni DTM sajtida e’lon qilinadi, avvalgidek test o’tkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. Chunki ertasi kuni u erda boshqa testlar o’tayotgan bo’ladi;

 

-           bu yildan boshlab butun respublikada testga shpargalka, telefon va ҳ.k. olib kirishga uringan abiturient o’sha zahoti testdan chetlatiladi. Avvalgidek, kechirimli bo’lib, telefonini olib қolib, uni nomerlangan konvertga solib, abiturientni o’zini testga kiritib yuborish bo’lmaydi. Olib kirishga urinishning o’ziyoq akt tuzib, chetlatishga sabab bo’ladi;

 

-           test sinovlari kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo’lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o’tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi;

 

-           test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig’iga 1 soat, 60 ta test topshirig’iga 2 soat, 90 ta test topshirig’iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini to’ldirish bilan birga berilmoqda. Avvallari savollarni ishlash uchun alohida vaqt, keyin javoblar varaqasini to’ldirish uchun alohida vaqt berilar edi. Hozir mana shu 1 soatga belgilash ham kirib ketadi, shu sababli, abiturientlar buni e’tiborga olib qo’yishlari kerak;

 

-           aytishlaricha, test o’tadigan pavil'onlardagi kameralar 31 iyul' kuni yoqib qo’yiladi va 16 avgust kuni o’chiriladi;

 

-           test sinovlari jarayonlari internet orқali translyatsiya bo’ladi va imkoni bo’lsa respublika hamda maҳalliy telekanallar orqali to’g’ridan-to’g’ri namoyish etish ham rejalashtirilmoqda.

 

Manba: https://t.me/xushnudbek telegram-kanali