2018-yildan boshlab test sinovlari natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilinadi

2018-yildan boshlab test sinovlari natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazish, kirish test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish belgilandi.

Yangi tartiblarga muvofiq, 2018-yildan boshlab kirish test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 

Bundan tashqari, abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshiriladi.

Qarorning to'liq matni bilan quyida tanishish mumkin.