Davlat test markazi test savollaridan namunalar berib boradi

Davlat test markazi test savollaridan namunalar berib boradi

Davlat test markazi joriy yilning may oyidan boshlab yangi tuzilgan savollardan namunalar berib borish yo‘lga qo‘yilishi haqida e’lon qildi. Unga ko‘ra joriy yilda test sinovlarida ishlatiladigan savollardan namunalar chop etib boriladi. Namunaviy savollar fanlar kesimida e'lon qilinadi.  Ular bilan Siz Davlat test markazining  “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali maxsus sonlarida tanishishingiz mumkin. Hozirda jurnalning bir nechta maxsus sonlarini nashrga tayyorlash ishlari yakunlanmoqda. Jurnallarni Davlat test markazi va uning viloyatlardagi bo‘linmalaridan olishingiz mumkin.

“Hurmatli abituriyentlar! Yangi shakldagi repetitsion test materiallari va “Axborotnoma” jurnalining maxsus sonlarida bosilgan namunaviy savollardan birgalikda foydalaning va bilimingizni sinab boring”, - deyiladi DTM xabarida.