May oyidan boshlab Repetitsion test materiallari yangi shaklda chop etiladi

May oyidan boshlab Repetitsion test materiallari yangi shaklda chop etiladi

Davlat test markazi abituriyentlar uchun muhim yangiliklar haqida ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olib, 2018 yil may oyidan boshlab Repetitsion test materiallari yangi shaklda chop etiladi. Yangi shaklga muvofiq savollar kitobida har bir fandan 30 tadan savol va javoblar varaqasida savollar raqamlariga mos raqamdagi doirachalar bo`ladi.

Bu bilan abituriyentlar 1-15 avgust kunlari test sinovlarida ishlatiladigan savollar kitobi va javoblar varaqasining yangi shakli bilan tanishish, ular bilan ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.