Hatto o'chirib qo'yilgan telefon ham o'quvchi miyasiga salbiy ta'sir qilishi isbotlandi

Hatto o'chirib qo'yilgan telefon ham o'quvchi miyasiga salbiy ta'sir qilishi isbotlandi

Yaqinda jahonning eng nufuzli jurnallaridan biri bo'lgan Harvard Business Review jurnalida “Zararli chaqiriq” nomli maqola e'lon qilindi. Uning mualliflari Kristen Dyuk, Edrian Uord, Eylet Gnizi va Marten Boslarning yozishiga ko'ra, yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlarda insonning yaqinida turgan telefon uning fikrlash qobiliyatlariga salbiy ta'sir qilishi aniqlangan. Ikki laboratoriya tajribalarida 800 ortiq kishi fikrlash qobiliyatiga doir vazifalarni bajarganlar. Birinchi vazifada ishtirokchilar matematik misollarni echib, tasodifiy raqamlarni yod olishlari kerak edi. Ikkinchi vazifada tugallanmagan tasvirlar qatorini o'rib, ularga to'g'ri keladigan etishmayotgan qismni tanlab olishlari zarur edi. Har ikki vazifani bajarish ham kishining fikrlash qobiliyatlariga bog'liq.

Ishtirokchilardan telefonni o'z oldiga qo'yish (ekranini pastga qaratib), yoni cho'ntak yoki sumkaga solib qo'yish, yoki boshqa xonada qoldirish taklif etildi. Barcha telefonlarda ovoz va vibratsiya o'chirib qo'yildi. Natijalar esa hammani hayron qoldirdi. Vazfalarni telefonlari boshqa xonada qoldirilgan guruhlar eng yaxshi bajardilar. Keyingi o'rinni telefoni cho'ntakda bo'lgan kishilar egalladilar. Eng yomon natijani esa telefoni stol ustida bo'lgan qatnashchilar ko'rsatdilar. Shu orqali, olimlar telefonning inson yonida bo'lishi uning fikrlash qobiliyatlariga salbiy ta'sir qilishini isbotladilar. Shundan kelib chiqqan holda amerikalik olimlar o'quvchilar va talabalarga, agar ular o'qishda yaxshi natija qayd etishni istashsa, telefonga chalg'imaslikni maslahat berdilar.

Testdan yaxshi o'tmoqchimisiz? Telefonni o'chirib, diqqatingizni vazifalaringizga qarating!