O‘zbekistondagi 8 ta kollej AKT vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi 8 ta kollej AKT vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi

AKT sohasidagi sakkizta kasb-hunar kollejlari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

1-sentabrga qadar kasb-hunar kollejlarini vazirlik tasarufiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilinadi. Mazkur holat AKT sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, maktablarda informatika darslari ham ko‘paytiriladi.