O‘zbekistonda endilikda Qozog‘iston diplomlari tan olinadi

O‘zbekistonda endilikda Qozog‘iston diplomlari tan olinadi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Qozog‘iston ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

Neft-kimyo va agrosanoat sohalari uchun kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni o‘qitish bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilarning o‘zaro aloqasi ham kengayadi. Qolaversa, Qozog‘iston universitetlaridan birining bazasida texnopark yaratildi.. Diplomlarni tan olinish jarayoni ham soddalashtiriladi.

«Stratifikatsiya, diplomlarni tan olish uchun standart jarayonlar mavjud. Bu yerda katta muammolarni ko‘rmayapman. Bundan tashqari, biz barcha protsessual masalalarni soddalashtirish yo‘lida turibmiz. O‘ylaymanki, diplomlarni tan olish yoki ularni tan olish tartibi O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida o‘qigan yoshlarni ish bilan ta’minlashda muammo tug‘dirmaydi», - degan Majidov.

Uchrashuvda tomonlar aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Hozirning o‘zida 20 ga yaqin ilmiy muassasalar hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Har ikki davlat universitetlarining axborot markazi ochilishi rejalashtirilgan.