Qashqadaryolik yoshlar uchun tibbiyot oliygohlaridagi qabul kvotalari oshiriladi

Qashqadaryolik yoshlar uchun tibbiyot oliygohlaridagi qabul kvotalari oshiriladi

28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar ochiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Prezident Qashqadaryo viloyatidagi sog'liqni saqlash tizimi, bu borada ta'lim olish sifati va tizimi haqida ham to'xtalib o'tdi. «Qashqadaryo viloyatida sog'liqni saqlash tizimida ham qator muammolar mavjud. Bugungi kunda viloyatda 761ta vrachlik shtati vakant. Shuning uchun, birinchi navbatda, Sog'liqni saqlash vaziri Shodmonov, viloyat hokimi Ro'ziev joriy yilda tibbiyot oliygohlarini bitiruvchilari va magistrlarning 407 nafarini ish bilan ta'minlashlari kerak. Shu bilan vakant o'rinlarini qoplash chora-tadbirlarini ko'rishlari zarur.

Bundan tashqari, Sog'liqni saqlash vaziri Shodmonov, viloyat hokimi Ro'ziev 2018 yilda viloyatda qo'shimcha 60ta yangi xususiy tibbiyot klinikalarini qurish va ishlab turgan 22tasining faoliyatni kengaytirish choralarini ko'rishlari kerak. Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi viloyatda tibbiyot xodimlariga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2018-2019 o'quv yilidan boshlab tibbiyot oliy o'quv yurtlarida Qashqadaryo yoshlari uchun qabul kvotalarini oshirish chora-tadbirlarini ko'rishlari zarur. Biz buni hamma viloyatda tashkil qila olmaymiz. Surxondaryoda tibbiyot filialini ochganmiz, ularda 5000 nafar shifokor etishmayapti. Qashqadaryoda esa mingta. Viloyatdagi barcha tumanlar bilan gaplashib, bu ishni hozirdan reja qilib borish kerak», deya Shavkat Mirziyoevning so'zlarini keltirmoqda

Manba: «Kun.uz»