Testolog-Servis’da yana ta’limiy testlar topshirish mumkin

Testolog-Servis’da yana ta’limiy testlar topshirish mumkin

Dushanba, 17 avgustdan boshlab Testolog-Servis o‘quv markazida abituriyentlardan ta’limiy testlar olish ishlari qayta boshlanadi. Bundan oldingi yillarda bo‘lgani kabi, tinglovchilar haqiqiy test sinovlaridagi kabi sharoitlarda tanlagan yo‘nalishlarida test topshirib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
 

Buning uchun Testolog-Servisning Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik prospekti, 42-uyda joylashgan ofisiga kelib, o‘z ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishining o‘zi kifoya. O‘quv markazi mutaxassislari abituriyentning ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqib, unga mos keladigan ta’limiy testlar to‘plamini beradilar. Test natijalari shu yerning o‘zida bir necha daqiqada chiqarib beriladi.
 

Shuningdek, abituriyentning natijalaridan kelib chiqib, markazimiz mutaxassislari unga o‘qish yo‘nalishini tanlash bo‘yicha zarur maslahatlarni ham beradilar.

Test sinovlari barcha zarur saitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda olinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 97 4007733

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik prospekti, 42-uy. Mo‘ljal Toshkent viloyat statistika boshqarmasi binosi, 2-qavat.