Angren shahrida Koreyaning universiteti ochiladi

Angren shahrida Koreyaning universiteti ochiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov 28-fevral kuni Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vitse-prezidenti O Seong Xoni qabul qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.

Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur oliy ta’lim muassasasiga 1946-yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda, deya ma’lum qiladi Daryo.uz nashri.