Testolog-Servisda otа-оnalаr mаjlisi bo'lib o'tdi

Testolog-Servisda otа-оnalаr mаjlisi bo'lib o'tdi

22 fevral kuni Testolog-Servis o‘quv markazida ota-onalar majlisi o‘tkazildi. Unda markazdagi o‘quv kurslarida qo‘shimcha ta’lim olayotgan 250 ziyod o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.


 

Avval majlislar zaliga rus tilli guruhlarda ta’lim olayotgan abituriyentlarning ota-onalari yig‘ildilar. So‘ngra, ulardan keyin o‘zbek tilli guruhlarda o‘qiyotgan abituriyentlarning ota-onalari ishtirokida ikkinchi majlib bo‘lib o‘tdi. Ikki ota-onalar majlisida jami 120dan ziyod ota-onalar qatnashdilar.


 

Markaz direktori Abdushukur Olimov ularga bolalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, bu boradagi ishlarning borishi, mavjud muammolar haqida so‘zlab berdi. Har bir ota-onaga farzandining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, baholari va testlar natjalari aks etgan tahlillar varag‘i topshirildi.


 

O‘z navbatida, uchrashuvga tashrif buyurgan ota-onalar uchrashuvda hozir bo‘lgan fan o‘qituvchilari va mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar olish imkoniga ega bo‘ldilar. So‘ngra, ota-onalar o‘quv markazida yaratilgan sharotlar bilan tanishib, bevosita fan o‘qituvchilari bilan yakkama-yakka muloqotda bo‘ldilar.