Abiturientlarga 6 tacha yo'nalishga hujjat topshirish imkoniyatini berish rejalashtirilyapti  

Abiturientlarga 6 tacha yo'nalishga hujjat topshirish imkoniyatini berish rejalashtirilyapti  

Ayni damda O'zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar press-klubi”da ta'lim tizimiga bag'ishlangan sessiya bo'lib o'tmoqda. Unda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin, Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbaev, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Babaxodjaev va Davlat test markazi direktori Majid Karimovlar ishtirok etmoqda.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning yozishicha, sessiyada DTM direktori Majit Karimov abiturientlarga bu yildan beriladigan imkoniyatlar haqida quyidagi ma'lumotlarni aytib o'tgan: “2020 yilda abiturientlar uyidan turib, DTM sayti orqali onlayn ariza topshirishlarini yo'lga qo'ymoqchimiz. Shuningdek, 2019 yilda abiturientlarga ilk marta birdaniga uchta yo'nalishga hujjat topshirish huquqi berilgan bo'lsa, 2020 yilda 5 yoki 6 ta yo'nalishga hujjat topshirish imkoniyatini berish rejalashtiryapmiz”.
Manba: Sof.uz