Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 28-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Qiymati 5 million dollar bo‘lgan loyiha Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yanvar oyida Yaponiya universitetlari va kompaniyalarining vakillarini O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.

Mart oyining oxiriga esa oliy ta’lim muassasasini ochish bo‘yicha konsepsiya tayyor bo‘lishi lozim. Iyun oyiga qadar universitetning ochilishiga doir normativ hujjatlar tasdiqlanadi.

OTMga talabalarni qabul qilishning aniq muddati qarorda ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot o’rnida, Digital Kvowledge — 1995-yilda ochilgan bo‘lib, elektron ta’lim sohasiga ixtisoslashgan texnologik kompaniya.

Foto: “Gazeta.uz”